O‘zMU Yuridik klinikasi Telegram channel photo

O‘zMU Yuridik klinikasi

⚖️ O‘zMU Yuridik klinikasi 📌 Fuqarolik, mehnat, soliq, oila va boshqa huquq sohalari bo‘yicha bepul huquqiy maslahatlar. ✅ Maqsadimiz — fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va huquqiy yordam ko‘rsatish. 📍 Murojaat uchun: @yuridikklinika_jbot

EróticoespañolEspaña

419

Last views

439 (439 subscribers)
Miembros
—
Rating
50
Total Posts
Oct 16, 2026, 9:13 PM
Actualizado
Apr 21, 2026
Created
Stats

Está viendo contenido en español. Para ver contenido en otros idiomas, cambie el idioma del sitio.

Channel Information

Channel Information
Channel NameO‘zMU Yuridik klinikasi
Username@nuu_yuridik_klinikasi
CategoryErótico
Languageespañol
CountryEspaña
Miembros439
Channel TypePublic Channel
Created21 abr 2026
Last Updated16 oct 2026 • hace 7 días
StatusActive

Clasificación

Clasificación global
#24676+84
Clasificación por idioma
#392-3
Clasificación por categoría
#733-3

Crecimiento de participantes

Total: 43930 Days growth: +5414%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Crecimiento de participantes - 30 Days
DateSubscribers
17:09:2026385
18:09:2026385
19:09:2026421
20:09:2026421
21:09:2026421
22:09:2026421
23:09:2026421
24:09:2026421
25:09:2026421
26:09:2026421
27:09:2026421
28:09:2026421
29:09:2026421
30:09:2026421
01:10:2026421
02:10:2026421
03:10:2026421
04:10:2026421
05:10:2026421
06:10:2026421
07:10:2026421
08:10:2026421
09:10:2026421
10:10:2026421
11:10:2026421
12:10:2026421
13:10:2026421
14:10:2026421
15:10:2026421
16:10:2026439
Crecimiento de participantes - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:2026315
Week of 27:04:2026315
Week of 04:05:2026322
Week of 11:05:2026322
Week of 18:05:2026322
Week of 25:05:2026322
Week of 01:06:2026322
Week of 08:06:2026322
Week of 15:06:2026322
Week of 22:06:2026322
Week of 29:06:2026322
Week of 06:07:2026310
Week of 13:07:2026310
Week of 20:07:2026310
Week of 27:07:2026310
Week of 03:08:2026310
Week of 10:08:2026310
Week of 17:08:2026307
Week of 24:08:2026307
Week of 31:08:2026321
Week of 07:09:2026385
Week of 14:09:2026421
Week of 21:09:2026421
Week of 28:09:2026421
Week of 05:10:2026421
Week of 12:10:2026439
Crecimiento de participantes - Monthly
DateSubscribers
April 2026315
May 2026322
June 2026322
July 2026310
August 2026321
September 2026421
October 2026439
Crecimiento de participantes - Yearly
DateSubscribers
2026439

Últimas publicaciones

O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

20 oct 2026, 15:28

🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BO‘YICHA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN MUBORAK BO‘LSIN!

🔊Xalqimizning milliy g‘ururi, ma’naviy boyligi va o‘zligining timsoli bo‘lmish O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ldi.
🔘Til — davlat va millatning ko‘zgusidir. Ayniqsa, yuridik sohada va huquqiy amaliyotda ona tilimizning o‘rni beqiyos. Huquqiy savodxonlik, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunlarimizning xalqchil va tushunarli bo‘lishida davlat tilimiz eng muhim poydevor vazifasini o‘taydi.

🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Yuridik klinikasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, aziz ustozlar va talaba-yoshlarni bugungi quvonchli ayyom — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalb hislaridan qizg‘in muborakbod etadi!
🔘 Ona tilimizning sofligini asrab-avaylash, uni yuridik amaliyotda hamda kundalik hayotimizda munosib targ‘ib etish har birimizning burchimizdir.
O‘zbek tilimizning nufuzi va martabasi hamisha baland bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

👨‍⚖️Sizning huquqingiz — bizning mas’uliyatimiz

🇺🇿O'zMU yuridik klinika jamoasi

✉️Murojaat uchun: @OzMU_Yuridik_klinika_bot
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
419006
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

20 oct 2026, 12:30

❓❓❓❓❓❓🤝


🌎 Hozirgi  kunda har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan elektron platformalar:

✅ my.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi hukumati portali;

✅ my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

✅ my.soliq.uz - Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali;

✅ my.mehnat.uz - YAMMT dagi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti;

✅ ish.mehnat.uz - Milliy vakansiyalar bazasi;

✅ vacancy.argos.uz - Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali;

✅ vakansiya.adliya.uz - Adliya organlari va muassasalarida bo‘sh ish o‘rinlari portali;

✅ xorijdaish.uz - Xorijiy davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari portali;

✅ diplom.edu.uz - Ta’lim muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlar bazasi;

✅ my.argos.uz - Davlat xizmatchilarining shaxsiy kabineti.

🆔 Ushbu portallarga kirish one id - Yagona identifikatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

👨‍⚖️Sizning huquqingiz — bizning mas’uliyatimiz 

🇺🇿O'zMU yuridik klinika volontyor talabasi: Choriyev Islom

✉️Murojaat uchun: @OzMU_Yuridik_klinika_bot
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
114009
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

19 oct 2026, 22:49

❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🗣️30% kontrakt miqdori qoplab beriladi

🔊O'zbekiston Respublikasining 336-sonli Prezidentining qaroriga asosan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi

⚖️Hozirgi kunda BHM 440.000 so'mni tashkil etib, BHMning 15 barovari 6.600.000 soʻm deganidir.

⚙️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.

👨‍⚖️Sizning huquqingiz — bizning mas’uliyatimiz

📚ASOS:  Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida https://www.lex.uz/uz/docs/-7821920

🇺🇿O'zMU yuridik klinika jamoasi

✉️Murojaat uchun: @OzMU_Yuridik_klinika_bot
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
8850010
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

19 oct 2026, 12:47

🛠ТРУДОВЫЕ ПРАВА СТУДЕНТОВ В УЗБЕКИСТАНЕ

🔊Может ли студент официально работать во время обучения?
🔘ДА. студент может официально работать и совмещать работу с учёбой. Но работа не должна нарушать установленные условия труда и права работника, а также не должна мешать учебному процессу.
☑️Может ли студент привлекаться к сверхурочной работе и как она оплачивается?
🔘Да, студент может привлекаться к сверхурочной работе в случаях, предусмотренных законом. По ст. 189 ТК РУз в большинстве случаев требуется письменное согласие работника.

🤔По ст. 262.) первые 2 часа оплачиваются не менее чем в 1,5-кратном размере, а последующие часы — не менее чем в двойном размере.

📂Обязательно ли заключать трудовой договор со студентом?
🔘Да. Студент при официальном трудоустройстве является работником, поэтому трудовые отношения должны быть оформлены трудовым договором.

🤔Согласно статье 106%20%D1%84%D0%BE%D1%80%D0%BC%D0%B5%20%D0%B2%20%D0%BA%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%87%D0%B5%D1%81%D1%82%D0%B2%D0%B5%20%D0%BD%D0%B5%20%D0%BC%D0%B5%D0%BD%D0%B5%D0%B5%20%D0%B4%D0%B2%D1%83%D1%85%20%D1%8D%D0%BA%D0%B7%D0%B5%D0%BC%D0%BF%D0%BB%D1%8F%D1%80%D0%BE%D0%B2%2C%20%D0%B8%D0%BC%D0%B5%D1%8E%D1%89%D0%B8%D1%85%20%D0%BE%D0%B4%D0%B8%D0%BD%D0%B0%D0%BA%D0%BE%D0%B2%D1%83%D1%8E%20%D1%81%D0%B8%D0%BB%D1%83%2C%20%D0%BA%D0%B0%D0%B6%D0%B4%D1%8B%D0%B9%20%D0%B8%D0%B7%20%D0%BA%D0%BE%D1%82%D0%BE%D1%80%D1%8B%D1%85%20%D0%BF%D0%BE%D0%B4%D0%BF%D0%B8%D1%81%D1%8B%D0%B2%D0%B0%D0%B5%D1%82%D1%81%D1%8F%20%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D0%B8.) ТК, договор заключается в письменной форме, в том числе электронной, минимум в двух экземплярах.

🔊Какие преимущества даёт трудовой договор?
🔘Трудовой договор официально подтверждает трудовые отношения и обеспечивает работнику предусмотренные законом гарантии и защиту трудовых прав, включая оплату труда, время отдыха и защиту от незаконного прекращения трудовых отношений.

⚙️Может ли работодатель установить студенту испытательный срок при приёме на работу?
🔘ДА. Испытательный срок может быть установлен по соглашению сторон и должен быть указан в трудовом договоре.

📚По ст. 129 Трудового кодекса РУз, общий срок испытания обычно не должен превышать 3 месяцев.

🇺🇿O'zMU yuridik klinika volontyor talabasi: Xusanjonova Samira

✉️Murojaat uchun: @OzMU_Yuridik_klinika_bot
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
1730010
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

08 oct 2026, 18:36

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

02.04.2026 - Chiqindi to‘plash maydonchalaridan chiqindilarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketganlik uchun javobgarlik belgilandi

🔊Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini yuritish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar yuklatildi. (Qonun (O‘RQ–1124-son, 25.03.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.)

⚠️Bunda atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritmaganlik, to‘liq kiritmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumot kiritganlik uchun:
❗️atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima qo‘llanilishi ko‘rsatildi.
⚠️Shuningdek, qonunga xilof ravishda o‘rmon fondi erlarini berish, ulardan foydalanish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa
❗️BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

☑️Quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi:
✅maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan ekologik huquqbuzarliklar uchun;
✅chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan inshootlaridan chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plaganlik va olib chiqib ketganlik uchun.
👨‍⚖️Sizning huquqingiz — bizning mas’uliyatimiz

📚ASOS: Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.03.2026 yildagi O‘RQ-1124-son

🇺🇿O'zMU yuridik klinika volontyor talabasi: Choriyev Islom

✉️Murojaat uchun: @OzMU_Yuridik_klinika_bot
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
331007
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

06 oct 2026, 17:30

❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Pedagoglar farzandlari uchun kontrakt chegirmasi: ariza va toʻlov tartibi

🔊Pedagog xodimlarning farzandlariga toʻlov-kontrakt summasidan 30 foizlik chegirma qo'llaniladi. Bunda talaba kontraktning 70 foizini toʻlaydi, qolgan qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Imtiyoz uchun elektron arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi.

☑️Taqdim etilgan tushuntirishga koʻra, chegirma Adliya vazirligida 2026-yil 9-iyulda 3849-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qoʻshma qarordagi pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.
⚠️Maʼmuriy-boshqaruv, texnik va xoʻjalik xodimlari mazkur roʻyxatga kirmaydi.

❓Ariza qanday beriladi?
Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun ariza yuboradi. Uning pedagog farzandi ekani elektron tarzda tekshirilib, tasdiqlanganidan soʻng 30 foizlik chegirma qoʻllanadi.
🔘Ariza ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Chegirma bir oʻquv yili davomida bir marta qoʻllanadi.

❓Toʻlov muddatlari qanday?
Talaba chegirmadan keyingi summani biryoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin. Bo'lib toʻlashda kontraktning dastlabki toʻliq summasiga nisbatan quyidagi ulushlar hisoblanadi:
❗️25 foizi - birinchi kursga tavsiya etilganlar uchun 15-oktabrgacha, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 1-oktabrgacha;
❗️yana 25 foizi - 1-yanvargacha;
❗️qolgan 20 foizi - 1-martgacha.

🔘Shu tariqa, talabaning jami toʻlovi kontrakt summasining 70 foizini tashkil etadi. Chegirmaga toʻgʻri keluvchi 30 foiz esa 1-maygacha davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oliy taʼlim tashkilotiga qoplab beriladi.

‼️Chegirma quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
❗️oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlariga;
❗️nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga;
❗️O‘zbekistondagi xorijiy OTMlar va ularning filiallariga;
❗️xorijiy hamkor OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlariga;
❗️qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktga.

🔘Agar pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMida kontrakt asosida o‘qiyotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.
🔘Arizalar qabuli hali boshlanmagan, boshlansa rasmiy manbalarda e'lonlar beriladi

👨‍⚖️Sizning huquqingiz — bizning mas’uliyatimiz

📚ASOS: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2026 yildagi 501-son

🇺🇿O'zMU yuridik klinika jamoasi

✉️Murojaat uchun: @OzMU_Yuridik_klinika_bot
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
4370018
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

01 oct 2026, 10:01

#OʻzMU #YuridikKlinika #1oktabr #UstozlarKuni

🔔 1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

⚖️Jamiyatga ma’rifat ulashib, bo‘lajak huquqshunoslarni kamolga yetkazayotgan va Yuridik klinika faoliyatida amaliy o‘gitlarini berib kelayotgan fidoiy ustoz hamda murabbiylarimizni kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz!

🔊Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va adolat hamda ilm-fan yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

👨‍⚖️Sizning huquqingiz — bizning mas’uliyatimiz

🇺🇿O'zMU yuridik klinika jamoasi
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
1,5900013
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

28 sept 2026, 20:22

❗️❗️❗️Savolim bor edi. Kechki soat 21:00 atrofida uyimizda oilaviy bayram nishonlayotganimizda qo'shnimiz shovqin ko'targanligimiz uchun 102 ga beraman deb chiqibdi. Bu holat qanchalar asosli?

❗️❗️❗️Bu holatingizga yechim bevosita qonunchiligimizda belgilangan

🔊Ushbu holatda sizga nisbatan qonunchiligimizda javobgarlik belgilanmagan. Ya'ni qo'shningizning harakati asossiz.
☑️Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 192-moddasiga Tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish

⚠️SANKSIYA
fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi;
mansabdor shaxslarga esa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima

👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

📚ASOS: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 192-moddasi

🇺🇿O'zMU yuridik klinika jamoasi

✉️Murojaat uchun: @OzMU_Yuridik_klinika_bot
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram 📱Instagram
📺YouTube 📱Facebook
Video Thumbnail
5290012
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

19 sept 2026, 15:14

❗️❗️❗️❗️

15 yillik xizmatingiz evaziga farzandingiz ta’limiga davlat tomonidan ko‘mak!

🔊Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan shifokor va farmatsevtlar uchun my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi! Endilikda farzandingizning oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

⁉️Qoplanadigan miqdor qancha?
Yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) qoplanadi.
🔘Masalan: Kontrakt summasi 20 mln so‘m bo‘lsa, davlat 6 mln so‘m subsidiya ajratadi.
🔘Bir nechta farzandingiz talaba bo‘lsa, subsidiya har biri uchun alohida hisoblanadi.

🔘Ortiqcha hujjat va ovoragarchilikka o’rin yoʻq!
🔘Ish staji, qarindoshlik va talabalik maqomi tegishli idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Hech qanday qog‘ozbozlik talab etilmaydi.
🔘Mablag‘ naqd berilmaydi — bevosita OTMning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Farzand o‘qishni davom ettirsa, subsidiya bakalavriat bosqichi yakunlanguniga qadar har o‘quv yilida to‘lab boriladi. Oilada bir nechta talaba bo‘lsa, har biri uchun subsidiya alohida hisoblanadi.

👉 Ariza topshirish juda oson:
💬 my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatga kiring;
💬 Zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, avtomatik tekshiruvga rozilik bering;
💬 Arizani yuboring va natijani shaxsiy kabinetda kuzatib boring.

🔔Xizmatdan foydalanish mutlaqo BEPUL! Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

📕ASOS: Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

🇺🇿O'zMU yuridik klinika volontyor talabasi: Sharipova Dilnoza
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram📱Instagram
📺YouTube📱Facebook
Video Thumbnail
1,6200013
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

05 sept 2026, 02:48

❗️❗️❗️Assalomu aleykum men turmush oʻrtogʻimni 20-iyulda alimentga berganman, hozirda u Rossiyada, qaynonam har shanba kuni bolalarimni olib kelib bering deb, har hafta telefon qilayapti men turmush oʻrtogʻim chet elda bermaslikka haqqim bormi?

❗️❗️❗️ https://lex.uz/ru/docs/-104720#-159003ko‘ra :

🔊Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga taʼsir qilmaydi.

🔘Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan koʻrishish huquqiga ega.

⚠️Shuningdek https://lex.uz/ru/docs/-104720#-159057koʻra :
❗️Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan koʻrishib turish huquqiga ega.
❗️Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan koʻrishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.

☑️Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan koʻrishib turishga toʻsqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning eng ustun manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

📕ASOS: https://lex.uz/ru/docs/-104720#-159057

🇺🇿 volontyor talabasi: To‘ychiyeva Sha'bona
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊📱 https://www.instagram.com/nuu_legal_clinic?igsh=MXIyOWx1bWRqZW84MA==
📺 https://youtube.com/shorts/76F7poYUc3w?si=z_hkE6lURkPI9lrx📱 https://www.facebook.com/share/1SmruK2HMF/
Video Thumbnail
206003
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

05 sept 2026, 02:48

❗️❗️❗️

“112” yagona dispetcherlik xizmati: qachon qo‘ng‘iroq qilish kerak?

🔊112 qanday xizmat?
112 — hodisa, favqulodda yoki murakkab hayotiy vaziyat yuzaga kelganda zarur shoshilinch xizmatni «yagona darcha» tamoyili asosida chaqirish imkonini beradigan yagona qisqa raqam.
🔘Chaqiruvlar tunu kun va bepul qabul qilinadi.

☑️112 orqali qaysi xizmatlarni chaqirish mumkin?
Tizim, jumladan:
❗️ichki ishlar organlari;
❗️tez tibbiy yordam;
❗️yong‘inga qarshi va qutqaruv xizmatlari;
❗️gaz tarmog‘i avariya xizmati;
❗️tezkor ijtimoiy-psixologik yordam;
❗️zarur boshqa shoshilinch davlat xizmatlari bilan o‘zaro bog‘langan.
❗️Operator chaqiruv mazmuniga qarab axborotni tegishli shoshilinch xizmatga yo‘naltiradi va xizmatlar o‘rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

⚖️Qaysi holatlarda 112 ga qo‘ng‘iroq qilish mumkin?
112 raqamiga, masalan:
❗️yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyat;
❗️jinoyat yoki huquqbuzarlik;
yo‘l-transport hodisasi;
❗️shoshilinch tibbiy yordam talab etilganda;
❗️gaz avariyasi;
❗️tazyiq, zo‘ravonlik yoki boshqa murakkab hayotiy vaziyat;
❗️o‘z joniga qasd qilishga urinish bilan bog‘liq holat yuz berganda murojaat qilish mumkin.

❗️102 yoki 103 raqamlari bekor qilinganmi?
Yo‘q. 112 orqali «yagona darcha» tartibida murojaat qilish bilan birga maxsus xizmatlarning mavjud qisqa raqamlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish tartibi ham saqlangan.

❗️Jumladan:
102 — ichki ishlar organlari;
101/1050 — qutqaruv va yong‘inga qarshi xizmat;
103 — tez tibbiy yordam;
104/1104 — gaz avariya xizmati;
1146 — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki shoshilinch ruhiy-psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlarga yordam xizmati.

🔊Qaysi tillarda murojaat qilish mumkin?
🔘Nizomga ko‘ra 112 chaqiruvlari o‘zbek, qoraqalpoq, rus va xorijiy tillarda, shuningdek eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imo-ishora tilida qabul qilinishi nazarda tutilgan.

⚠️Eslatma: 112 — ma’lumot olish yoki oddiy maishiy murojaatlar uchun emas, shoshilinch chora ko‘rish talab qilinadigan hodisalar uchun mo‘ljallangan raqam.

👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

📕ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.05.2024-yildagi 304-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.12.2025-yildagi 789-son


🇺🇿 volontyor talabasi: Choriyev Islom
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊📱 https://www.instagram.com/nuu_legal_clinic?igsh=MXIyOWx1bWRqZW84MA==
📺 https://youtube.com/shorts/76F7poYUc3w?si=z_hkE6lURkPI9lrx📱 https://www.facebook.com/share/1SmruK2HMF/
Video Thumbnail
1,450008
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

05 sept 2026, 02:48

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi shart.

Haqiqiy zarar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

☑️mol-mulkning kamayishi yoki yomonlashuvi;
☑️uni tiklash yoki qayta sotib olish xarajatlari;
☑️uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun to‘lovlar.

👉  Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.

⚠️ Ish beruvchi moddiy zarar yetkazilgan holatlarni inobatga olib, uni xodimdan to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechishi ham mumkin.

👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

📚ASOS: https://lex.uz/docs/6257288#6265370

🇺🇿 volontyor talabasi: Choriyev Islom
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊📱 https://www.instagram.com/nuu_legal_clinic?igsh=MXIyOWx1bWRqZW84MA==
📺 https://youtube.com/shorts/76F7poYUc3w?si=z_hkE6lURkPI9lrx📱 https://www.facebook.com/share/1SmruK2HMF/
Video Thumbnail
204003
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

05 sept 2026, 02:48

❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish tartibi

🔊Kimlar ariza berishi mumkin
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish uchun barcha kurs talabalari elektron tartibda murojaat qilishi mumkin.
🔘Arizalar har yili 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi.
🔘Shu sababli materialni faqat «1-kursga tavsiya etilganlar» bilan cheklab qo‘yish maqsadga muvofiq emas.

☑️Qayerga murojaat qilinadi
Talaba:
— Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki ishonchli vakil orqali;
— YaIDXP orqali mustaqil ravishda murojaat qilishi mumkin.

So‘rovnoma yuborilgach, maxsus axborot tizimi talabani avtomatik ravishda:
— imtiyozli ro‘yxatga;
— yoki umumiy ro‘yxatga kiritadi.

⚠️Agar bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa, elektron yo‘llanma shakllanadi. Bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, talaba navbatga qo‘yiladi va unga bu haqda xabarnoma yuboriladi.
⚖️Imtiyozli ro‘yxat
Imtiyozli tartibda joylashish huquqiga ega toifalar qatoriga, jumladan:
❗️Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
❗️Ijtimoiy reestr, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar;
❗️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
❗️ ayrim respublika va xalqaro olimpiada, tanlov va intellektual musobaqa g‘oliblari;
❗️qonunchilikda belgilangan boshqa toifalar kiradi.
❗️Ushbu ma’lumotlarning aksariyati davlat axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Tizimda ma’lumot topilmasa, tasdiqlovchi hujjat so‘ralishi mumkin.

❗️Umumiy navbat qanday taqsimlanadi:
Imtiyozli talabalar joylashtirilgandan keyin qolgan o‘rinlar umumiy ro‘yxat bo‘yicha taqsimlanadi.

🔘Umumiy ro‘yxatda qolgan o‘rinlarning:
— 55–65 foizi — 1-kurs talabalariga;
— 15–20 foizi — 2-kurs talabalariga;
— 20–25 foizigacha — 3-kurs va undan yuqori kurs talabalariga ajratiladi.

🔘Bunda kunduzgi ta’lim talabalariga va OTM joylashgan hududdan boshqa joyda doimiy yashaydigan talabalarga ustuvorlik beriladi, keyin esa ariza berilgan sana bo‘yicha navbat hisobga olinadi.
🔘Har bir o‘quv yili tugagach navbatlar bekor qilinib, avgustdan yangi murojaatlar asosida qayta shakllantiriladi.
📂Yo‘llanma qanday beriladi
Bo‘sh o‘rin paydo bo‘lganda tizim elektron yo‘llanmani:
Avval imtiyozli ro‘yxat;
keyin umumiy ro‘yxat navbati bo‘yicha avtomatik ravishda shakllantiradi.
🔘Elektron yo‘llanma qog‘oz shaklidagi hujjat bilan teng yuridik kuchga ega va OTM hamda talabaga elektron tarzda yuboriladi.
🔘Talabani yo‘llanmasiz talabalar turar joyiga qabul qilish taqiqlanadi. Yo‘llanma faqat u berilgan o‘quv yili uchun amal qiladi.

⚠️Eslatma: elektron yo‘llanma shakllangandan keyin talaba
❗️10 ish kuni ichida OTM bilan shartnoma tuzishi va birinchi oy uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak. Aks holda yo‘llanma bekor qilinadi.

☑️Turar joy uchun shartnoma
Yo‘llanma OTMga kelib tushgan kuni talabalar turar joyida yashash bo‘yicha shartnoma rasmiylashtiriladi.
❗️Talabalar turar joyi uchun oylik to‘lov miqdori va uni to‘lash muddatini OTM belgilaydi, ushbu shartlar talabaga tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladi.
​👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

📚ASOS: https://lex.uz/docs/6568679

🇺🇿 volontyor talabasi: Choriyev Islom
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊📱 https://www.instagram.com/nuu_legal_clinic?igsh=MXIyOWx1bWRqZW84MA==
📺 https://youtube.com/shorts/76F7poYUc3w?si=z_hkE6lURkPI9lrx📱 https://www.facebook.com/share/1SmruK2HMF/
Video Thumbnail
2,030009
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

05 sept 2026, 02:48

🏦 Kredit to'lashda qiyinchilik tug'ilsa nima qilish kerak? ("Kredit ta'tili" haqida)

🔊Kredit olib, uni o'z vaqtida va grafik asosida doimiy ravishda to'lab kelayotgan fuqarolar ham kutilmagan hayotiy vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Masalan, ishdan bo'shash, daromadning keskin kamayishi yoki sog'liq bilan bog'liq muammolar shular jumlasidandir.

☑️Bunday holatda nima qilish kerak? Banklar mijozlarga qanday yengilliklar berishi mumkin? Keling, buni ko'rib chiqamiz.
❗️Muammo yuzaga kelsa, bankka murojaat qiling
❗️Agar sizda kreditni o'z vaqtida to'lash imkoniyati cheklanib qolsa, to'lovlardan qochib yurish yoki bankdan yashirinish mutlaqo noto'g'ri. Eng to'g'ri yo'l — darhol xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qilish va quyidagi asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etishdir:
❗️Ishdan bo'shatilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasidan ko'chirma yoki buyruq);
❗️Kasallik holati bo'yicha tibbiy ma'lumotnomalar;
❗️Oila daromadining vaqtincha pasayishini tasdiqlovchi boshqa rasmiy hujjatlar.

📶 Bank qanday yengilliklar berishi mumkin?
Asoslangan hujjatlarni ko'rib chiqib, bank mijozning og'ir moliyaviy holatini inobatga olgan holda quyidagi yengillik turlarini taqdim etishiga rozilik bildirishi mumkin:
❗️To'lov grafigini o'zgartirish (restraskturizatsiya): Oylik to'lov miqdorini vaqtincha kamaytirish uchun kredit muddatini uzaytirish;
❗️Qarzni kamaytirib to'lash imkoniyati: Ma'lum bir oylar davomida faqat ma'lum qismini yoki imtiyozli davr (faqat asosiy qarz yoki foizlar bo'yicha) taqdim etish.

⚠️ Muhim tushuncha: Qarz yo'q bo'lib ketmaydi!
Ko'pchilik "kredit ta'tili" yoki bank beradigan yengillikni qarzni kechib yuborish yoki "vaqtincha to'lamay turish" deb tushunadi. Bu noto'g'ri!
📌 Yodda tuting: Kredit ta'tili yoki grafikning o'zgarishi qarzni yo'q qilib yubormaydi. Asosiy qarz va uning foizlari baribir to'lanadi. Bank bu yerda faqatgina ma'lum bir vaqt mobaynida mijozga moliyaviy yengillik beradi, xolos (ya'ni og'ir davrni qiynalmasdan o'tkazib olishi uchun sharoit yaratadi).
🔘Shuning uchun bank bilan kelishuv tuzishdan oldin shartlarni diqqat bilan o'qib chiqish maqsadga muvofiqdir.

📚ASOS: https://lex.uz/docs/-1480290

​👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

🇺🇿 jamoasi
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊📱 https://www.instagram.com/nuu_legal_clinic?igsh=MXIyOWx1bWRqZW84MA==
📺 https://youtube.com/shorts/76F7poYUc3w?si=z_hkE6lURkPI9lrx📱 https://www.facebook.com/share/1SmruK2HMF/
Video Thumbnail
930004
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

05 sept 2026, 02:48

🏠 O'z uyini sotgan odam ham soliq to'laydimi?

🔊Yuridik klinikamizga tez-tez shu kabi savollar kelib tushadi. Keling, bu masalaga qonunchilik nuqtai nazaridan aniqlik kiritib o'tamiz.

☑️ Asosiy qoida va muddatlar
O'zbekiston Respublikasi https://lex.uz/docs/-4674902 asosan, jismoniy shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan ko'chmas mulkni sotishdan olinadigan daromadlar soliqdan ozod qilinishi mumkin.
⚠️ Muhim shart: Agar turar joy soliq to'lovchining mulkida 36 kalendar oydan (3 yildan) kam muddatda bo'lgan bo'lsa, mol-mulkni sotishdan tushgan daromaddan soliq to'lanishi belgilangan.
Agar uy sotib olingan kundan boshlab 36 kalendar oy o'tgan bo'lsa, sizda soliq to'lash majburiyati bo'lmaydi.

🛠 Soliq stavkasi va hisob-kitob tartibi
Soliq kodeksining 381-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi belgiliangan.
Hisob-kitob misoli: Agar uy 36 oydan kam muddat ichida sotilib, daromad olingan taqdirda, olingan summaning 12 foizi miqdorida daromad solig'i to'lanishi lozim. Masalan, hisoblangan daromaddan kelib chiqib, 29 million 500 ming so'm foyda ko'rilgan bo'lsa, uning 12 foizi, ya'ni 3 million 540 ming so'm miqdorida daromad solig'i to'lanishi shart.

📉 Qaysi holatlarda soliq to'lanmaydi?
3 yillik muddat: Yuqorida ta'kidlanganidek, uy nomingizga rasmiylashtirilgan kundan boshlab 36 oy o'tgan bo'lsa, soliq to'lanmaydi.
🔘Daromad ko'rilmagan holatlar: Agar uyni olingan narxi bilan teng yoki undan kam pulga (zarariga) sotsangiz, sizda iqtisodiy daromad yuzaga kelmagan hisoblanadi va shunga ko'ra daromad solig'i to'lamaysiz.

📚ASOS: https://lex.uz/docs/-4674902
https://lex.uz/docs/-4674902

​👥Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri va huquqlari turganini anglagan holda, xizmat koʻrsatishda davom etamiz. Ishonchingiz uchun rahmat!

🇺🇿 jamoasi
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊📱 https://www.instagram.com/nuu_legal_clinic?igsh=MXIyOWx1bWRqZW84MA==
📺 https://youtube.com/shorts/76F7poYUc3w?si=z_hkE6lURkPI9lrx📱 https://www.facebook.com/share/1SmruK2HMF/
Video Thumbnail
266007
O‘zMU Yuridik klinikasi logo
O‘zMU Yuridik klinikasi

05 sept 2026, 02:48

🎓 BITIRUVCHILARIMIZGA DIPLOM TOPSHIRILDI! 🎓

🇺🇿O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining “Yurisprudensiya” yo‘nalishi 4-bosqich bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

⚖️ Yuridik klinika jamoasi nomidan barcha bitiruvchilarimizni ushbu unutilmas va quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etamiz!

✨ Talabalik davrida orttirilgan bilim, tajriba va do‘stliklar kelgusidagi faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga tilakdoshmiz. Bugun qo‘lga kiritilgan diplom — katta mehnat, izlanish va mashaqqatlarning munosib natijasidir.
💼 Oldinda sizlarni katta imkoniyatlar, mas’uliyatli vazifalar va yangi marralar kutmoqda. Adolat va qonun ustuvorligi yo‘lida munosib huquqshunos bo‘lib yetishishingizga ishonamiz!

🎉 Aziz bitiruvchilar, diplomingiz muborak bo‘lsin! Kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

🇺🇿 jamoasi
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
🖥Bizni kuzatishda davom eting:
🕊📱 https://www.instagram.com/nuu_legal_clinic?igsh=MXIyOWx1bWRqZW84MA==
📺 https://youtube.com/shorts/76F7poYUc3w?si=z_hkE6lURkPI9lrx📱 https://www.facebook.com/share/1SmruK2HMF/
Video Thumbnail
3450019

Showing 30 of 50 posts

Calificación

Se requiere iniciar sesión

Frequently Asked Questions

¿De qué trata el canal de Telegram O‘zMU Yuridik klinikasi?+

O‘zMU Yuridik klinikasi (@nuu_yuridik_klinikasi) es un canal de Telegram en Erótico en tgdio. Este perfil muestra ranking, valoraciones, reseñas y publicaciones recientes para decidir antes de suscribirte. Actualmente lista unos 439 suscriptores en tgdio.

¿Cómo me uno a O‘zMU Yuridik klinikasi (@nuu_yuridik_klinikasi) en Telegram?+

Abre el perfil del canal en tgdio y usa Join / Open in Telegram para ir a @nuu_yuridik_klinikasi y suscribirte gratis.

¿Es O‘zMU Yuridik klinikasi un buen canal de Erótico?+

En tgdio puedes ver la valoración, reseñas, ranking y publicaciones de O‘zMU Yuridik klinikasi antes de unirte. Actualmente lista unos 439 suscriptores en tgdio. Compáralo con canales similares de Erótico.

¿Dónde veo las estadísticas y publicaciones de O‘zMU Yuridik klinikasi?+

En tgdio, abre la página de @nuu_yuridik_klinikasi para estadísticas, ranking, valoraciones y publicaciones. Usa Stats para gráficos de crecimiento.