1/2📚 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ekologik muammolarga innovatsion, ilmiy va amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan Respublika ekologik xakatoni — «YASHIL YECHIM» o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
🌿Xakaton talabalar, yosh olimlar, tadqiqotchilar, startap jamoalari hamda ekologik muammolarga zamonaviy yechim taklif eta oladigan tashabbuskor yoshlarni bir maydonda birlashtiradi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi — dolzarb ekologik muammolarni ilm-fan, yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida hal etishga xizmat qiluvchi istiqbolli g‘oya va loyihalarni aniqlash.
Xakatonning asosiy yo‘nalishlari:
1. Sho‘rlanish va cho‘llanishga qarshi kurash
Tuproq degradatsiyasi, sho‘rlanish va cho‘llanish jarayonlarining oldini olish hamda yer resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy va texnologik yechimlar.
2. Toza suv
Suvni tozalash, suv sifatini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni tejash va qayta foydalanish bo‘yicha innovatsion yechimlar.
3. Sun’iy intellektni ekologik ilmiy izlanishlarga integratsiyasi
Sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, raqamli monitoring va prognozlash texnologiyalaridan ekologik muammolarni o‘rganish hamda yechim ishlab chiqishda foydalanish.
🗓Sana: 2026-yil 21 oktabr
📍Manzil: Toshkent shahri, Botanika bog‘i
✏️Ishtirokchilar xakaton davomida o‘z g‘oyalarini rivojlantirish, ekspert va mentorlar bilan ishlash hamda yakuniy loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng istiqbolli va amaliy ahamiyatga ega yechimlar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.
🌱Ekologik muammolarga shunchaki e’tibor qaratmang — ularning yechimini taklif qiling!
«YASHIL YECHIM» — ilmiy g‘oyadan amaliy yechimgacha!
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram











