APRENDEMOS ESPAÑOL Telegram channel photo

APRENDEMOS ESPAÑOL

@espanolporfavorPublic Channel

APRENDEMOS ESPAÑOL shares Aprendizaje de Idiomas updates and media on Telegram. Join to stay updated.

511

Last views

589 (589 subscribers)
Miembros
—
Rating
15
Total Posts
May 4, 2026, 5:13 AM
Actualizado
Apr 16, 2026
Created
Stats

Está viendo contenido en español. Para ver contenido en otros idiomas, cambie el idioma del sitio.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAPRENDEMOS ESPAÑOL
Username@espanolporfavor
CategoryAprendizaje de Idiomas
Languageespañol
CountryEspaña
Miembros589
Channel TypePublic Channel
Created16 abr 2026
Last Updated4 may 2026 • hace 172 días
StatusActive

Clasificación

Clasificación global
#299651-387
Clasificación por idioma
#5937-16
Clasificación por categoría
#2146-8

Crecimiento de participantes

Total: 58930 Days growth: -71.2%
04/1604/1904/2204/2504/2805/0105/03
Crecimiento de participantes - 30 Days
DateSubscribers
16:04:2026596
17:04:2026596
18:04:2026596
19:04:2026596
20:04:2026596
21:04:2026596
22:04:2026596
23:04:2026596
24:04:2026596
25:04:2026596
26:04:2026596
27:04:2026596
28:04:2026596
29:04:2026596
30:04:2026596
01:05:2026596
02:05:2026596
03:05:2026589
Crecimiento de participantes - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:2026596
Week of 20:04:2026596
Week of 27:04:2026589
Crecimiento de participantes - Monthly
DateSubscribers
April 2026596
May 2026589
Crecimiento de participantes - Yearly
DateSubscribers
2026589

Últimas publicaciones

APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

Photo
Madriddagi uchrashuv: Ibn Sino qarshisida
Bugun Madriddagi Universidad Autónoma de Madrid hududida buyuk alloma Ibn Sino bilan ramziy uchrashdim. Tog’ qadar qaddim yuksaldi, faxrlandim juda, bu tarix, tafakkur va milliy o‘zlik bilan yuzma-yuz kelish lahzasi bo’ldi men uchun.

Ibn Sino — jahon ilm-fani tarixida Sharq va G‘arbni bog‘lagan ulkan ko‘prik. Uning tibbiyot, falsafa va tabiiy fanlarga oid merosi Yevropa Uyg‘onish davri — Renessans taraqqiyotiga kuchli turtki berib, ilmiy tafakkurning yangi ufqlarini ochdi. Ayniqsa, uning “Al-Qonun fi’t-tibb” asari 19-asrda ham Yevropa universitetlarida asosiy qo‘llanma sifatida o‘rganilgani bejiz emas.

Shu yerda – Universidad Autónoma de Madridda uning qarshisida turib, qalbimda g‘urur va chuqur mas’uliyat hissi uyg‘ondi. G’urur – u mening vatandoshim bo’lsa, ma’suliyat “men kimman” va “men talabalarimga qanday saboq beryapman” degan savollarni berdi.
Ibn Sino nafaqat tarixiy buyuklik timsoli, balki bugungi ilm-fan, ilmiy hamkorliklar, yangi g‘oyalar va kelajak avlodlar uchun ilhom manbai bo’lishda davom etmoqda.
Bu lahzalar menga haqiqiy ilm chegaralarni tan olmasligini, u vaqt va makonlardan ustun turishini yana bor bor eslatdi. Va biz — uning davomchilari — ana shu buyuk merosni yanada boyitish mas’uliyatini zimmamizda tashib yurishimiz, amalda isbotlashimiz shart. Buning uchun o’z kasbimiz ustasi va fidoyisi bo’lishimiz yetarli.
Quyida Ibn Sino aforizmlaridan ikkitasini keltirib o’taman:
1) 🇺🇿 Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘.
🇺🇸 A physician has three weapons: words, herbs, and the knife.
🇪🇸 Un médico tiene tres armas: la palabra, las hierbas y el bisturí.

2) 🇺🇿 Ruh — abadiy, u jism o‘lgandan keyin ham mavjud bo‘lib qolaveradi.
🇺🇸 The soul is eternal; it continues to exist even after the body dies.
🇪🇸 El alma es eterna; continúa existiendo incluso después de la muerte del cuerpo.
5110036
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

Photo
BAXT QUSHI
“Boshiga baxt qushi qo‘nmoq” tilimizdagi qadimiy, mashhur iboralardan biri. Chingizxon haqida bir kitobda qush uchirilgani va u bir emas, ikkinchi marta ham uning boshiga qo’ngach, oq kigizda ko’tarib “xon” deb e’lon qilingani haqida o’qigandim. Ya’ni bu ibora mazmunida “kutilmagan omadga erishmoq”, “baxti ochilmoq”, “taqdirning kimgadir kulib boqishi” va hklar yotadi. Uni quyidagi modelda tasvirlash mumkin:
QUSH → (qadimdan) baxt, omad ramzi.
BOSHGA QO‘NISH → kimnidir tanlanishi, kimgadir omad, baxt nasib etishi.
Umuman, “baxt”, “omad” kabilar uchib yuradigan, har kimga ham qo‘nmaydigan qush sifatida turkiy yoki sharq folkloriga singdirilgan va kundalik, badiiy nutqda ham faol ishlatilgan. Masalan: 1) Faloncha birdan katta lavozimga tayinlandi = boshiga baxt qushi qo‘ndi. 2) Pismadoncha lotereyada katta pul yutibdi = boshiga baxt qushi qo‘nibdi. 3) Shahzodaning boshiga baxt qushi qo‘ndi-yu, bir kunda hayoti butunlay o‘zgarib ketibdi. 5) Qizning boshiga baxt qushi qo‘nib, u o’zi orzu qilgan insoniga turmushga chiqdi va hk. Erkin Vohidovda ham “Ishq otli qush kelib qo’ndi, Yosh shoirning boshiga”, misralari bor. Shuningdek, afsonaviy Humo qushi haqida ham shunday tushuncha mavjud: “Humo qushini ajdodlarimiz baxt va iqbol, ezgulik va ulug‘vorlik keltiruvchi qush, deya ta’riflagan. Rivoyatlarda keltirilishicha, u kimning boshiga qo‘nsa, shodimonlik, baxt doimiy hamrohi bo‘ladi. U bizning VATAN boshiga qo‘ngan, yurt uzra parvozi bardavom, barqaror bo‘lgan baxtu saodat timsolidir” ( https://muslim.uz/uz/e/post/19729-davlat-gerbi-milliy-yuksalish-mujassam-ulug-vor-vatan-timsoli?page=4&per-page=1). Аlisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida ham Humo kuch qudrat timsoli, ulugʼvorlik, hatto uning soyasi ham gadoni shohga aylantiruvchi, panoh beruvchi qush sifatida tasvirlangan:
Boshladi uzrini sohibfar Humoy,
Dedi: – “Ey sargashtalargʼa rahnamoy,
Ondadur iqbolidin poyam mening,
Kim berur taxti sharaf soyam mening,
Zotima oncha sharaf bersa iloh,
Kim mening soyam gadoni qilsa shoh.
Men yana istamak; yaʼniki ne?!
O’zni ranjur aylamak, yaʼniki ne?
Qilmogʼim xushroq havoe jilvagoh,
Bermagim soyamda shahlargʼa panoh”.
Umuman olganda, yuqoridagi ibora inson hayotidagi baxt-omad, tasodifiy muvaffaqiyat yoki kutilmagan ijtimoiy yuksalish kabi ko’plab ijobiy ma’nolarni ifodalab keladi. Kuzatishlarimiz, ispan va ingliz tillarida aynan teng ma’noda “qush” obrazli ibora mavjud emasligini ko’rsatdi, biroq shu mazmundagi “tener mucha suerte” (omadi kelmoq); “la suerte le sonrió” (omad unga kulib boqdi); “to be lucky”; “luck smiled upon him/her” kabilar bor.
Maqsadga o’tsak, Ispaniyada safar davomida ajoyib insonlar uchradi. Barselona aeroportida kashtali sumka ko’targan ispanlarni ko’rib “O’zbekistondan kelyapsizlarmi”, deb so’rasam hayron qolib “ha” deyishdi. Sumkalarga ishora qilib “bundan bildim, men O’zbekistonlikman” dedim. Ular bizni tarix va odamlarimizni rosa maqtashdi hamda “senga ham Ispaniyada faqat va faqat yaxshi insonlar uchrasin” deb tilak tilashdi. Duoda gap ko’p, yo’limda hozirgacha ajoyib insonlar uchradi: yo’l ko’rsatgan, sumkamni ko’tarishgan, qahvaxonalar egalari qoshimchasiga “qahva, shirinlik bizdan”, deb siylashgan … . Buning uchun yurtimizni Hazrati insonlariga, ayniqsa turizm sohasida xizmat qilayotganlarga “rahmat” deyman. Sizlarning yaxshiliklaringiz sabab men ham begona yurtda qaysidir ma’noda yaxshilik ko’rdim, deb hisoblayman.
Ammo bular hali boshimga qo’ngan baxt qushi emas. Baxt qushi ko’proq mehnat faoliyatimga bog’liq. Samarali xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish juda mashaqqatli, buning o’ziga yarasha taktika va diplomatik muloqot qobiliyatini qo’llash jihatlari mavjud.
Bugungi juda samimiy o’tgan UAB rahbariyati bilan uchrashuv so’ngida yuqoridagi iborani tarjima qilib tushuntirib bersam, ular “bizning ham boshimizga tashrifingizdan baxt qushi qo’ndi” deya ta’kidlashdi, hamda prorektor, tarix f.d., professor Oscar Jané tarixga qiziqishimni ko’rib o’zi yozgan qimmatli kitobni dastxati bilan tadqim etdi.
6000037
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

Video
Barselona nomi haqida juda qiziq ma’lumotlar eshitdim, ko’rdim:
1) “Barchino” (to‘liq shaklda Colonia Iulia Augusta Faventia Paterna Barcino). Bu nom miloddan avvalgi I asrda rimliklar tomonidan asos solingan koloniyaga berilgan. “Barcino” — kichik, biroq strategik jihatdan muhim port shahar bo‘lgan va hozirgi vaqtda ham Barsa asosiy port shahar hamda harbiy, savdo va turizm nuqtasi sifatida o’ta rivojlangan. Shaharning markazida (Gotik kvartalda) rim devorlari va ustunlari yaxshi saqlangan va BARCINO yozuvi monument sifatida o’rnatilgan.
2) Gerkules va 9-kema afsonasiga ko‘ra, buyuk Gerkules O‘rta yer dengizida sayohat qilayotganda kuchli bo‘ronga uchraydi. Uning flotidagi 9 ta kemadan biri yo‘qoladi. Qirg‘oqqa chiqib qolgan kemani topgan Gerkules shu joyni juda yoqtirib qoladi. Shu afsona bois, ayrimlar “Barcelona” nomini “Barca Nona” (to‘qqizinchi kema) bilan bog‘lashadi. Bu, albatta, tarixiy fakt emas, ammo shahar ruhini aks ettira oladigan go‘zal afsona.
Va yana ko’plab taxminlar mavjud.

Zamonamizga qaytsak, ispancha “Gracias (Rahmat!)” o’rniga katalancha “Gràcies” yoki “Merci” qo’llash muloqotning samimiyroq bo’lishini ta’minlaydi. Nafaqat Barselonada, balki butun dunyoda tii, bu –identitet ya’ni milliy o’zlik masalasidir. Ammo Kataloniyada hamma ham bunday fikrda emas. Bu yerlik hamrohim “men Kataloniyaning Ispaniyadan ajralishini xohlamayman, ular birgalikda kuch”, dedi. Shunga o’xshash “Hola” o‘rniga “Bon dia” deyish, kichik farq bsa ham ba’zi katalanlarda katta taassurot qoldiradi.
“Barcelona”ni ham asosan mahalliylar: “Barça” deb qisqartiradilar. Juda o‘z tiliga sodiq xalq. Shunchalik bo’lishiga qaramay ispan tilining ta’siri ulkan va u davlat tili sifatida katalan tilini yutib bormoqda.
Video shaxsiy arxivdan. 12.04.2026.
6590029
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

https://youtu.be/Y--Cvbt9Dec?si=DderpvjmzudjKKEq - баландпарвоз ғояларга алданган авлод қиссаси / 5 дақиқа

Қоронғи ўрмондан бир йигит маймунни етаклаб чиқяпти. Йигит ўзига ишонган, нигоҳи келажакка қаратилган. У ниманидир бошқараётгандек. У ҳаётни ўз қўлида ушлаб тургандай. Йиллар ўтади. Бу сафар маймун ўрмонга мункайган чолни етаклаб борарди. Энди инсоннинг қадамлари ишончсиз, кўзларда саволлар қотиб қолган, жавоблар эса йўқ...

👉 https://t.me/beshdaqiqaofficial
Video Thumbnail
6480010
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

Академик ҳалоллик — бу бошқаларни алдаш имкони бўлса ҳам алдамаслик ва биринчи навбатда олим ўз-ўзи билан ҳалол бўлиши демакдир.

Илмий ишда шундай вазият юзага келадики, маълум бир аргументни исботлайдиган ёки унга қарши чиқадиган далилларни тўлиқ фақат сиз биласиз. Соҳадан ташқари олимлар эса бу нозик жиҳатлардан хабардор бўлмаслиги мумкин. Агар сиз “барибир пайқашмайди” деган ўй билан фақат ўз позициянгизни қўллаб-қувватловчи далилларни келтириб ва қарши аргументларни четлаб ўтсангиз, мақола ё китобни нашр қиларсиз, аммо кейин ўзингиздан кўнглингиз тўладими? Ташқаридан ишончли кўринадиган, лекин аслида воқеликни бузадиган хулосани шаклланишига ҳисса кўшиб, виждонингиз қийналмайдими?

Ҳалолликни яна бир муҳим жиҳати — натижасизликни тан олиш. Илмий тадқиқот доим ҳам сиз илгари сураётган гипотезани тасдиқламайди. Кўп меҳнат, катта маълумотлар, маблағ ва вақт сарфланган бўлиши мумкин — лекин натижа “йўқ” бўлиши ҳам мумкин. Бу мағлубият эмас, бу илмий жараённинг ўзи.

Яқинда бир немис тадқиқотчисининг маърузасида қатнашдим. У Адольф Гитлер давридаги фюрерга садоқат масаласини ўрганган. 1,5 миллиондан ортиқ ҳужжат таҳлил қилинган, 15 нафар ёрдамчи жалб этилган, катта ресурс сарфланган. Лекин у "ҳозирча аниқ хулосага кела олмадик, маълумотлар аномал" деб айтди.

Мана шу — академик ҳалоллик. Илм — ўзингиз тўгри деб билган позицияни химоя қилиш эмас, балки “мен янглишган бўлишим мумкин” деган эҳтимолни ҳам тан олишдир.

🌟 https://t.me/otabek_akromov | https://cais.cass.anu.edu.au/people/otabek-akromov
6180026
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

Photo
ISPANKA
Ispan tili mutaxassisi bo’lganim uchunmi, yoki doimiy muloqotdagi tilning fe’limga ta’siri bormi ko’plar uchun “ispanka”man. Hatto mobil qurilmalarda adashlarimdan farqlash va, ayniqsa esda qolarli bo’lishi uchun Ispan Dilrabo yoki Dilrabo ispanka deb saqlaganlar ham bor.
Hozir esa gap men emas, balki qisqa Ispaniya va Barselona toponimlari haqida: “Ispaniya” so‘zi ispan tilida España shaklida yoziladi va u qadimgi Hispania atamasidan kelib chiqqan. Rimliklar Iberiya yarim orolini shunday atashgan. Ba’zi tadqiqotchilar esa bu so‘zni finikiycha “I-shapan-ya” (“quyonlar yeri”) bilan bog‘lashgan, chunki o’tloq yerlarida juda ko‘p quyonlar yashaganligi haqida ma’lumotlar bor.
Ispaniyada turli sivilizatsiyalar kesishgan: 1) Rim imperiyasi, 2) Al-Andalus davri (arablar), 3) vesgotlar va keltlar. Shu bois bu tilda ko‘plab yuqoridagi davrlarga tegishli toponimlar saqlangan. Masalan, quyidagilar arabcha ildizga ega: 1) Guadalquivir (daryo nomi) ← al-wadi al-kabir (“katta daryo”); 2) Almería ← al-Mariyya (“qo‘riqlangan joy”); 3) Gibraltar ← Jabal Tariq (“Tariq tog‘i”) va hk. Shuningdek, ispanlar arab so’zlarini artikli bilan qo’shib bitta so’z sifatida qabul qilganlar va eng qizig’i mazkur so’zlar oldida yana ispancha artiklni ham qo’shib yozadilar. Masalan: al qasr = alcazar tarzida qabul qilinib, ispanchada “el alcazar” yoziladi. Bunday so’zlar juda ko’p. Men sevgan shaharlardan biri, bu Ispaniyaning Barselonasidir. Barselona nomining kelib chiqishi haqida bir nechta qarashlar bor: 1) Karfagenlar fikricha, bu nom mashhur sarkarda Hamilcar Barca familiyasidan kelib chiqqan (Barca → Barcelona).
2) Rimliklar uni “Barcino” deb atashgan va shundan yasalgan deyishadi.
3) Afsonaga ko’ra shaharga Gerkules asos solgan emish.
 Barselona O‘rta Yer dengizi bo‘yida joylashganligi bois, dengiz shamoli uni har doim “tirik” tutadi, deydi ispanlar. Eng mashhur ramzi bu, Sagrada Família. Bu bino arxitektori Antoni Gaudí hisoblanadi. Atoqli shoiramiz Farida Afruz Gaudiga atab gòzal she’r yozgan va kommentlarda rasm orqali asli va tarjimasi keltirildi.
Ispaniya tashrifga arziydigan joy ekanligini bilish uchun quyidagilar yetarli:
🇪🇸 España es un país de contrastes (Ispaniya – xilma-xilliklar mamlakati).
🇪🇸 Barcelona nunca duerme. (Barselona hech qachon uxlamaydi).
🇪🇸 En España, cada región tiene su alma (Ispaniyada har bir hududning o‘z ruhi bor).
🇪🇸 España es diferente (Ispaniya o’xshashi yo’q mamlakat).
🇪🇸 Quien no ha visto España, no ha visto maravilla (Kim Ispaniyani ko‘rmabdi, bu dunyoni (mo’jizani) ko‘rmabdi).
PS Bu 1-qism. Nasib bsa, Ispaniyadan davom etamiz.
6060047
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

Video
Foydalanuvchilar uchun
“O‘zbek tili metaforalarining antropotsentrik lug‘ati” insonning tafakkuri, his-tuyg‘ulari va dunyoqarashi vositasida shakllangan metaforalarning ma’no va konseptual modellarini izohlaydigan ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu lug‘atda o‘zbek tilidagi metaforalar inson hayoti, jamiyat, tabiat va madaniyat bilan bog‘liq konseptual modellar asosida tizimlashtirilgan.

https://t.me/Durdona_Xudayberganova_S
5020018
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

28 abr 2026, 15:31

ILMU TAFAKKURDA DURDONA
Inson hayotida kitoblar yo‘lni yorituvchi mayoq, tafakkurni uyg‘otuvchi nurdir. Har bir mutolaamiz ichki dunyomizda yangi ufqlarni ochishi, hayot yo‘limizni aniqroq belgilab berishi sir emas. Aniq sanog‘ini bilmaydigan kitoblarim orasiga yana bir bebaho manba — “O‘zbek tili metaforalarining antropotsentrik lug‘ati” qo‘shilgani mendek kitob jinnisi uchun juda quvonchli voqea bo‘lgandi. Maqtanishdek tuyular, ammo haqiqat shuki, bir zal to‘la olimlar orasidan muallif aynan meni tanlab mazkur kitobni hadya qilganida 6-martda sovg‘aga uy berilgan qizning quvonchdan hayratga tushgandagi holatini boshdan kechirganman. Bu e’tibor ortida meni kitobning, ilmning haqiqiy qadrini biladigan inson sifatida ko‘rish bor edi. Bu menga bo‘lgan ishonch va e’tirof edi. Bu ma’suliyat ham yuklaydigan estafeta mash’ali kabi edi…
Ma’lumki, til shunchaki aloqa vositasi emas, u inson tafakkuri, ruhiyati va madaniyatining ko‘zgusidir. Tili bilan, unda ishlatadigan so‘z boyligi bilan odamzot aslida o‘ziga o‘zi ko‘zgu tutadi. Ayniqsa, nutqni serjilo qiladigan metaforalar kishining dunyoni qanday ko’rishi, his etishi va anglashining eng nozik ifodasidir. Shu bois, ushbu lug‘at men uchun qadrli, u ana shu murakkab va chuqur qatlamlarni ilmiy asosda ochib beradigan, nafaqat tilshunoslar, balki o‘zbek tilining boy madaniy kodlaridan bilim izlovchi va tafakkur qiluvchi har bir “o‘zbekman”, degan odam uchun bebaho xazinadir.
Eslayman, aynan metaforalar meni ilm dunyosiga qo’limdan yetaklagandi. Turli tillarda bir xil so‘zning turfa ma’no kashf etishi o‘ylantirgan, izlanishga undagan. Aynan shunday paytlarda ustozlarimiz yaratgan manbalar, xususan, men nazarda tutayotgan olimaning tadqiqotlari ilmiy izlanishlarimizning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishda mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilgan. Bu olima Durdona Xudayberganovadir. Olima yaratgan asarlar, ayniqsa, antropotsentrik yondashuv orqali o‘zbek tilining ichki olamini ochib berishdagi xizmatlari zamonaviy lingvistikamizga qo‘shilgan ulkan hissa, deb bilaman va aynan shu olima mening DSc ishimda opponentim bo‘lganini o‘zimga katta baxt va sharaf, deb hisoblayman. Ishimni xolis maqtab, “ilmingiz ziyoda bo‘lsin, oxirgi paytda bunday darajadagi dissertatsiya o‘qimagan edim. Roziligingiz bilan ishdagi terminlarizdan yangi kitobimda foydalanaman”, deb aytganlari haliyam esimda va xursandligimni yashira olmagandim.

Hurmatli Durdona Sidikovna, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, ilmiy ijodingizga baraka va yana ko‘plab shogirdlar yo‘liga mayoq bo‘ladigan katta asarlar bitishingizni tilayman. Yozgan kitoblaringiz tarixiy obidalar kabi mustahkam, vaqt sinovidan o‘tadigan va abadiyatga daxldor bo‘lib qolsin va bunga ishonchim komil. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

PS Siz bilan hamkorlikda “O‘zbek va ispan tillari metaforalarining antropotsentrik lug‘ati”ni ham yaratishimiz kerak, zotan ispan tili O‘zbekistonda adabiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy kabi barcha sohalar uchun ochilmagan qo‘riqdir. Aflotun deganidek, “Educatio est optima provisio senectuti (Ilm – inson hayotining eng ishonchli tayanchi)”dir, mana shu tayanch Sizni, bizni bir umr tark etmasin.
PS 2 Ispancha qiziq metaforalardan keb qoldi: 1) “No tener pelos en la lengua”. So‘zma-so‘z: Tilining tuki/juni bo‘lmaslik (yoki Tili junsiz bo‘lmoq), ma’nosi: tilini tiyib yurmaydigan kishi, odamlarga yoqsa-yoqmasa o‘ylab-o‘ylamay gapiradiganlar haqida. Ba’zan to‘g‘risini ochiq aytadigan odamga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. O‘zbekcha muqobili: Tili besuyak (suyaksiz) bo‘lmoq. Tilning suyagi yo‘q. Ammo o‘zbekcha iborada asosan salbiy ma’no nozikligi bor, ispanchasida esa ham salbiy, ham neytral mazmun mavjud. 2) “Estar como una ostra” So‘zma-so‘z: ustritsa (molyuska turi, chig‘anoq) kabi (yopiq) bo‘lmoq, ma’nosi: juda yopiq, gapirmaydigan odam. O‘zbekcha muqobili: Ichimdan top; Mum tishlamoq va hk.
5340013
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

16 abr 2026, 23:33

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kanalimizdagi ispan klassik san’ati ixlosmandlarini bugun bo‘lib o‘tadigan, Ispaniyadan tashrif buyurgan (!) xor jamoasi ijrosidagi jonli konsertga taklif etamiz.

Zalda o‘rinlar soni cheklangan, kirish – tekin.

Kayfiyat uchun: Otabek Mahkamovga “tekin” so‘zi “seni sevaman” degandek eshitilarkan 😂.

PS Har qanday savollar yuzasidan shaxsiyga murojaat qilishingizni so‘raymiz. (Manzil va vaqti yuqoridagi taklifnomada ko’rsatilgan).

🇪🇸🇪🇸🇪🇸 Invitamos cordialmente a los amantes del arte clásico español de nuestro canal a asistir al concierto en vivo que tendrá lugar hoy, interpretado por un coro procedente de España.

El aforo es limitado y la entrada es gratuita.

Cabe añadir, a modo anecdótico, que para Otabek Mahkamov (famoso bloger uzbeko) la palabra “gratuito” suena casi como “te amo” 😂.

PS Para cualquier consulta, les rogamos se dirijan por mensaje privado (El lugar y la hora están señalados en la carta de invitación).
6840018
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

16 abr 2026, 23:33

Photo
🇺🇿 Yaxshi yil bahoridan ma’lum, yaxshi kun — saharidan.
🇪🇸 Por la mañana se conoce el día, por la primavera el año.
🇬🇧 Morning shows the day, spring shows the year.
Izoh: Parallel model (mikro → makro).

🇺🇿 Har gul o‘z butasida aziz.
🇪🇸 Cada flor es bella en su propio jardín.
🇬🇧 Every flower is beautiful in its own garden.
Izoh: “Joy = qadriyat” modeli. Har bir narsa o‘z kontekstida maksimal qiymatga ega.

🇺🇿 Har gulning o‘z isi bor, har elning o‘z tusi bor.
🇪🇸 Cada flor tiene su aroma, cada pueblo su color.
🇬🇧 Every flower has its scent, every nation its character.
Izoh: “Gul → madaniyat” metaforasi; sensor (hid/rang, tus) orqali o‘zlik ifodalanmoqda.

🇺🇿 Tinch elning bog‘i gullar.
🇪🇸 Donde hay paz, florece el jardín.
🇬🇧 Where there is peace, the garden blooms.
Izoh: “El = bog‘”; tinchlik → rivojlanish.

🇺🇿 Gulning ham tikani bor.
🇪🇸 No hay rosa sin espinas.
🇬🇧 No rose without thorns.
Izoh: Universal dualizm (yaxshi-yomon doim yonma-yon).

🇺🇿 Gulni sevgan tikaniga chidaydi.
🇪🇸 Quien ama la rosa, soporta sus espinas.
🇬🇧 He who loves the rose must bear its thorns.
Izoh: Sevgi = sabr modeli.

🇺🇿 Yilning yaxshi kelishi bahordan ma’lum.
🇪🇸 Por la primavera se conoce el año.
🇬🇧 A good year is known by its spring.
Izoh: Prediktiv model (boshlanish → natija).

🇺🇿 Bahorning bir kuni yilga tatir.
🇪🇸 Un día de primavera vale por un año.
🇬🇧 One spring day is worth a year.
Izoh: Vaqt intensivligi konsepti.
7730032
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

16 abr 2026, 23:33

Дашт ҳақида баллада

Эркин Аъзамовга бағишладим

Тоғлар кичрайди. Пасайди осмон.
Яшаб бўлмайди-ку, ахир энгашиб...
Жўнадим баландроқ осмонлар томон —
Ортимдан Бойсуннинг дашти эргашди...

Мени ишонмади уфқларга у,
Дош бериб тезликнинг шамолларига.
Ортимдан югурди, югурди ёҳу,
Қоқилиб темирйўл шпалларига.

Вагонга чиқазиб қай бир бекатда.
Койидим:— Бу ишдан зарра йўқ маъни!..
У руҳсиз чўзилди тепа қаватга,
Билетсиз ва пулсиз йўловчи каби.

Сўнг шаҳар кўчаси, хиёбонлари
Аро кездим — жойлаб дилимга уни —
Одам-у машина оламонлари
Топтаб кетишмасин куп-кундуз куни.

Давр-у даврон сурдим ҳар ҳафта кўчиб,
Ижара уйларнинг шавқи ёдимда!
Қаттиққўл хўжайин кўзидан чўчиб,
У беун яшади менинг ёнимда.

Муҳаббат ловуллаб кирди юракка,
Илк бора аламли сўзлар тингладим.
Юзларимни босиб хор-у хашакка,
Даштимни қучоқлаб тунлар йиғладим.

Баҳорда кўкариб, кузда сарғайиб,
Сукунат-у қорга
ўраниб қишда,
Ғўра шеърларимга боқди мунғайиб...
Хуллас, содиқ бўлди ҳар эзгу ишда!

...Аммо, нима қилиб қўйди бу йиллар!
Гарчи мен, мунаққид айтгандай, "ўсдим"—
Ўртамизга кирди қай айёр жинлар,
Кўп хона уйимга сиғмайди дўстим.

Ялинаман унга: — Бор, Бойсунга бор!
Шаҳарга ярашмас саҳройи сўхтанг.
Борсанг — шамол тайёр, ёмғир ҳам тайёр,
Тоғлар орасида яшайсан кўркам.

Панд-у насиҳатлар бериб толаман,
Алдайман: — Юр, кетдик ифор тергани...
Ҳар баҳор довдираб Бойсун бораман,
Бойсунга даштини ташлаб келгани...

Қайтаман. Аммо дашт сезиб улгурар...
Дош бериб тезликнинг шамолларига,
Ортимдан ҳаллослаб, шошиб югурар,
Қоқилиб темир йўл шпалларига.

Уйимга гезариб кириб келаман,
Мени асра энди, инглизча қулф!
Шундоқ остонада дашт қолар гаранг,
Эшикка термулиб "уф" тортади... Уф!

Мана, тонг чоғида ишга кетяпман.
Юрак, азобдасан — қандай дард эзар?
Жунжикиб, эгасиз ит каби ғамгин
Вокзал майдонида ёлғиз дашт кезар.

Усмон Азим

https://t.me/UsmonAzimijodi
5360019
APRENDEMOS ESPAÑOL logo
APRENDEMOS ESPAÑOL

16 abr 2026, 23:33

Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 To tirik ekansan, ımkonıng yetguncha dunyoni kezishdan to‘xtama.

🇺🇸🇺🇸🇺🇸 While you are alive, you should travel as much as you can.
5990020

Showing 15 of 15 posts

Calificación

Se requiere iniciar sesión

Frequently Asked Questions

¿De qué trata el canal de Telegram APRENDEMOS ESPAÑOL?+

APRENDEMOS ESPAÑOL (@espanolporfavor) es un canal de Telegram en Aprendizaje de Idiomas en tgdio. Este perfil muestra ranking, valoraciones, reseñas y publicaciones recientes para decidir antes de suscribirte. Actualmente lista unos 589 suscriptores en tgdio.

¿Cómo me uno a APRENDEMOS ESPAÑOL (@espanolporfavor) en Telegram?+

Abre el perfil del canal en tgdio y usa Join / Open in Telegram para ir a @espanolporfavor y suscribirte gratis.

¿Es APRENDEMOS ESPAÑOL un buen canal de Aprendizaje de Idiomas?+

En tgdio puedes ver la valoración, reseñas, ranking y publicaciones de APRENDEMOS ESPAÑOL antes de unirte. Actualmente lista unos 589 suscriptores en tgdio. Compáralo con canales similares de Aprendizaje de Idiomas.

¿Dónde veo las estadísticas y publicaciones de APRENDEMOS ESPAÑOL?+

En tgdio, abre la página de @espanolporfavor para estadísticas, ranking, valoraciones y publicaciones. Usa Stats para gráficos de crecimiento.