Abdulla Oripov she'rlari Telegram channel photo

Abdulla Oripov she'rlari

Abdulla Oripov hayoti va ijodi... Murojaat uchun: @Xojayor_SH

3.4k

Last views

8k (7,972 subscribers)
Miembros
—
Rating
57
Total Posts
Oct 14, 2026, 3:38 AM
Actualizado
Apr 3, 2026
Created
Stats

Está viendo contenido en español. Para ver contenido en otros idiomas, cambie el idioma del sitio.

Channel Information

Channel Information
Channel NameAbdulla Oripov she'rlari
Username@abdulla_oripov_sherlari
CategoryNoticias de Última Hora
Languageespañol
CountryEspaña
Miembros7,972
Channel TypePublic Channel
Created3 abr 2026
Last Updated14 oct 2026 • hace 7 días
StatusActive

Clasificación

Clasificación global
#95785+380
Clasificación por idioma
#1721-5
Clasificación por categoría
#1686-1

Crecimiento de participantes

Total: 8.0K30 Days growth: +1702.2%
09/1409/1909/2409/2910/0410/0910/13
Crecimiento de participantes - 30 Days
DateSubscribers
14:09:20267,802
15:09:20267,802
16:09:20267,880
17:09:20267,880
18:09:20267,880
19:09:20267,880
20:09:20267,880
21:09:20267,880
22:09:20267,880
23:09:20267,880
24:09:20267,880
25:09:20267,880
26:09:20267,880
27:09:20267,880
28:09:20267,880
29:09:20267,880
30:09:20267,880
01:10:20267,880
02:10:20267,880
03:10:20267,880
04:10:20267,880
05:10:20267,880
06:10:20267,880
07:10:20267,880
08:10:20267,880
09:10:20267,880
10:10:20267,880
11:10:20267,880
12:10:20267,880
13:10:20267,972
Crecimiento de participantes - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20268,252
Week of 06:04:20268,148
Week of 13:04:20268,105
Week of 20:04:20268,105
Week of 27:04:20268,126
Week of 04:05:20268,126
Week of 11:05:20268,091
Week of 18:05:20268,091
Week of 25:05:20268,091
Week of 01:06:20267,964
Week of 08:06:20267,964
Week of 15:06:20267,964
Week of 22:06:20267,964
Week of 29:06:20267,859
Week of 06:07:20267,859
Week of 13:07:20267,796
Week of 20:07:20267,796
Week of 27:07:20267,796
Week of 03:08:20267,743
Week of 10:08:20267,743
Week of 17:08:20267,726
Week of 24:08:20267,744
Week of 31:08:20267,744
Week of 07:09:20267,802
Week of 14:09:20267,880
Week of 21:09:20267,880
Week of 28:09:20267,880
Week of 05:10:20267,880
Week of 12:10:20267,972
Crecimiento de participantes - Monthly
DateSubscribers
April 20268,126
May 20268,091
June 20267,859
July 20267,796
August 20267,744
September 20267,880
October 20267,972
Crecimiento de participantes - Yearly
DateSubscribers
20267,972

Últimas publicaciones

Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

13 oct 2026, 12:28

Абдулла ОРИПОВ


Болам, умид билан яшагин, бироқ
Ҳаёт баланд-пастин бўйнингга олгин.
Ўзинг кабиларга яқин бўл кўпроқ,
Қол, деса мардларнинг ёнида қолгин.

Каттакон карвонга мансуб бўлса ҳам
Гадонинг рутбаси гадодир доим.
Омад билан имкон мангу бири кам,
Фақат тенг яратган нафсни Худойим.

Киборлар ичига адашиб кирган
Қаландар у жойдан албатта безгай.
Йўқсилнинг даврасин бир бора кўрган
Бойлар ҳам ўзларин ортиқча сезгай.

Инсон умид билан яшайди, аммо
Руҳини эзгайдир хорлик, каму кўст.
Аллоҳ айирмасин ризқидан асло,
Йўқдир, қаноатдан ортиқ бирор дўст.

Сира ростланмайди букри бу олам,
Бизлар-чи, ўтамиз такбирлар айтиб.
Шундоқ деган экан жўмард бир одам:
– Фазоларга учсам келмасдим қайтиб!

@Abdulla_Oripov_sherlari
3,4100067
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

13 oct 2026, 08:16

Абдулла Орипов

БОБУР

Мен-ку, оддий одам,
Шундоқ бўлса ҳам
Шукр, бас, деганча ғанимларим бор.
Шарт эмас уларга таъриф чинакам,
Бири жунунсифат, бирови ҳушёр.
Бировига ёқмас жиндек журъатим,
Бировига ёқмас мен юрган йўлак.
Ногоҳ бирор жойда чиқса сувратим
Бири ухлай олмай қийналса керак.
Биз шундай ўтамиз,
Яъни кун кўриб...
Майдагина кучсиз, майдагина зўр.
Ҳаётнинг мана шу буржидан туриб,
Мен Сизни ўйладим, ҳазрати Бобур.
Сиз — зобит, дастини чўзган дунёга,
Сиз — шоир, мангу бир аланга ёққан.
Наинки бандалар, Сизнинг сиймога
Не-не салтанатлар кек билан боққан.
Баҳодирлик ичра ёр Сизга Ҳумой,
Сиз улуғ зотларнинг изин босган эр.
Назмий саждагоҳда Сизга, ҳойнаҳой,
Имомликка ўтгай фақат Алишер.
Ҳа, ёлғиз шеър қолди, бошқаси, абас,
Етти иқлим аро достон нақлингиз.
Не бахт, парчин бўлиб тож деган қафас,
Бизга етиб келди олмос ақлингиз.
Айтинг, не топдингиз Сиз кезиб дунё,
Ҳануз боқишарлар шўришга тўлиб.
Шоирсиз, яхшиси, қолингиз, Мирзо,
Мушфиқ юртингизда бир шоир бўлиб.

1983
2,3400045
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

08 oct 2026, 10:13

SEVGISIZ ODAM

Quloq soling menga, yaxshi qiz, bir oz 
Dilimni ochmoqchi bo‘lyapman Sizga. 
Tunov qun bir do‘stim meni dab-durust 
Aybladi sevgisizliqka.
Bexabar emishman muhabbatdan men, 
Qalbimda ishq emas, bor emish ilon. 
Isbot: qizlar bilan yurmas emishman, 
Sirlashmas emishman har kimlar bilan....
Yetmasmidi o‘zi qalbdagi to‘lqin, 
Kul bosgan otashni qo‘zg‘ading nechun? 
Sevgi kerakmidi senga, do‘stginam?.. 
Sevaman tinch oqshom, yulduzli tunni, 
Sevaman sayrasa qushlar betartib. 
Sevaman oromni, suronni, lekin 
Men uni sevardim bulardan ortiq. 
Xuruj aylagandi bedavo firoq.
Achchiq alam ichra yonsam tutoqib, 
O‘limni jonimdan sevaman, biroq 
Men uni sevardim o‘limdan ortiq.
Ammo hayot oqar o‘z bilishicha...
O‘zganing yuragi senga bo‘ysunmas. 
Sevsangu, sevsangu sevilmasang gar 
Bundan qayg‘uliroq qayg‘u topilmas. 
Nima kerak menga ishq-muhabbatni 
Yana o‘zga qizdan talab aylamak! 
Munosibdir bugun ishqsiz xilvatni 
Mening nomim bilan balki boylamak. 
Yaxshi qiz, xayolga toldingiz nechun? 
Nechun ko‘z yoshingiz tomdi yo‘limga? 
Sevgisiz odamga achinmoq nechun, 
Ko‘zyosh yo‘l topolmas mening dilimga. 
Xayr endi, chiqay, Oydin ko‘chadan 
Eshitilsa agar bir yolg‘iz qadam, 
Ajablanmang asti, u sizga tanish 
Sevgisiz odam... 


1960

@Abdulla_Oripov_sherlari
4,4100069
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

01 oct 2026, 20:44

Video
Muallimlarga

Nechog' baxtiyorman, tazimda shu top
Sizning shaningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo'lardim, qo'limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
Siz-ku "Alifbo"dan "Qomus"gacha to
Bari-barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor Siz ko'rsatgan guraxshon Zuhro
Bugun she'rim ichra tashbehdir mumtoz.
Siz mo'jaz yurakda yoqilgan yog'du
Oqibat quyoshdek socha olur nur.
Buyuklar haqqiga qasamhod gap bu:
Sizdan boshlanadi asli Tafakkur.
Olamda ko'p erur muborak onlar,
Tabakkur zodlar ham garchand ko'p erur.
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis muallimlar, Sizga tashakkur.

📝Abdulla Oripov
1974
@Abdulla_Oripov_sherlari
10,8000059
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

30 sept 2026, 13:38

Muallim


Muallim haqida soʻzim ushbudir:
Muallim kamolot ichra koʻzgudir.
Oʻqidim Gerodot, tarixni koʻp bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini oʻqidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan oʻzing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlugʻ xonadonda qutlugʻ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, Gʻafur Gʻulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir taʼlim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, oʻzingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulugʻ ayyomingda sheʼriy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlugʻ salom bu .

✍ @Abdulla_Oripov_sherlari
20,7000080
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

17 sept 2026, 20:32

Rostgo'ylik

Meni laqillatib
aytaverma so'z,
Mana bu otashdir,
mana bu-chi, muz.

Qurbaqa emasdir
malika aslo,
Yaxshini yaxshi de,
yovuzni yovuz.

Abdulla Oripov
2015 9-sentabr
@Abdulla_Oripov_sherlari
10,30000103
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

09 sept 2026, 17:14

Abdulla Oripov

AVGUST

Bearmon suzdim men ummon bag‘rida,
Zerikkan chog‘imda nabiralar do‘st.
Olis Amriqoning chet bir shahrida,
Xayr-xo‘sh qilaman sen bilan, Avgust.

Mevalar g‘arq pishgan yurtimda hozir,
Kunduz jazirama, salqindir tunlar.
Ishkomlar hosilin ko‘targay bazo‘r,
Tugab ketgandir ham gurvak  qovunlar.

Men bugun musofir, sargashta sayyoh,
Balki qumloqlarga singmish so‘zlarim.
Sen ham sog‘indingmi, ey ona dargoh,
Meni kutgaysizmi, xumor ko‘zlarim.

Vatandan yiroqda kechdi ko‘p damlar,
Baytlarim o‘xshadi ko‘priklarimga.
Do‘rmon bog‘larida toza shabnamlar,
Qo‘nib turgan kabi  kipriklarimga.

Mana, oqshom  tushdi  ummonga asta,
Olis samolarda yulduzlar bodroq.
Shundoq jo‘sh uradi Jayhun ham pastda,
Sahro qo‘yniga ham tun cho‘kar shundoq.

Rahmat,  qo‘ymading sen meni toldirib,
Avgust, hali senga she’rlar biturman.
Qalbimning bir qismin bunda qoldirib,
Yurtga sihatimni olib keturman.

2015 yil avgust, Texas

✍ Abdulla Oripov
10,9000092
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

09 sept 2026, 17:14

ABDULLA ORIPOV

        FASLARIM

Yetaklashib qator va qator,
Yo'ldan o'tdi yetmish besh bahor.
U bahorlar meniki edi,
Bolam, bari seniki endi.
Yo'ldan o'tdi yoz bilan kuz ham,
Ular menga bo'lganlar hamdam.
Ikkovi ham meniki edi,
Egalik qil, seniki endi.
Ortda qoldi chamanlar, bog'lar,
Yo'l so'ngida ko'rindi tog'lar.
Muzliklarga borib yetdim men,
Faqat qishni ola ketdim men.

2016-yil 13-sentyabr
Xyuston
8,3700094
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

09 sept 2026, 17:14

ILG‘OR ISHCHI VA CHAQQON MUXBIR QISSASI

Ishchi tongda turib olib 
Qurilishga boradi.
G‘isht teradi, tosh yo‘nadi, 
Shag‘alini qoradi.

Qo‘l ishda-yu, ammo o‘zga 
Xayol kezar boshida, 
Bog‘chadagi qizchasining 
Lentasi yo‘q sochida.

Telpagini yo‘qotibdi, 
O‘yinqaroq kenjasi. 
Yangisini obber, — deydi, 
Yig‘lab chiqdi kechasi.

Biroviga papka kerak, 
O‘ylab hamma-hammasin, 
Ishchi shu kun ikki hissa 
Bajaradi normasin.

Kun yarmidan og‘may turib 
Muxbir kelib qoladi, 
Ilg‘or, — deya uni, darrov 
Suratini oladi.

Ertasiga gazetada 
Xabar chiqar bir quloch: 
“U yangi yil sharafiga 
Mehnat qildi...” Na iloj!

Gazetani o‘qib ishchi 
Kulibgina qo‘yadi, 
Ilg‘orligin sababini 
Yangi yilga yo‘yadi.

Kunlar bir-bir o‘tib borar 
Qamchilashib otini.
Vaqti yetib bir kun uning 
Tug‘ib qolar xotini.

Kim ham axir toleidan 
Quvonmaydi bu chog‘da.
O‘g‘il ko‘rdik, deb qo‘yadi, 
Og‘zi uning qulog‘da.

O‘lmay bir kun katta bo‘lsa 
Odam bo‘lar chaqaloq.
Ammo hozir boqish kerak, 
Och qolmasin baqaloq.

Axir jinday chiqim kerak, 
O‘ylab hamma-hammasin, 
Ishchi shu kun uch baravar 
Bajaradi normasin.

Ertasiga gazetada 
Xabar chiqar bir quloch: 
“Baliqchilar kuniga u 
Mehnat qildi...” Na iloj!

Gazetani o‘qib ishchi 
Kulibgina qo‘yadi. 
Ilg‘orligin sababin 
Baliqchiga yo‘yadi.

Kunlar yana o‘tib borar 
Bir-birini quvlashib, 
Hozirchalik yomon emas 
Yashaydilar quvnashib.

Ammo odam hayotida 
Bordir kunning qorasi, 
Ajal yetib bir kun uning 
Qazo qilar onasi.

Marhum degan o‘zi borib 
Kirmaydi-ku qabrga.
Chiqim kerak ko‘mishga-yu, 
Mayda-chuyda tadbirga.

Onasining o‘lishini 
Qaydan bilmish u g‘arib, 
Yo‘qsa avval ozroq narsa 
Qo‘ymasmidi jamg‘arib.

Qabr ustiga lavha kerak... 
O‘ylab hamma-hammasin, 
Ishchi endi to‘rt baravar 
Bajaradi normasin.

Kun yarmidan og‘may turib, 
Muxbir kelib qoladi. 
Peshqadamni qaqqaytirib 
Suratini oladi.

Ertasiga gazetada 
Xabar chiqar bir quloch: 
“May bayrami sharafiga 
Mehnat qildi...” Na iloj!

Gazetani endi ishchi 
Bir burchakka otadi.
Bu maqtovga nima deysiz? 
O‘ylab boshi qotadi.

Uyda bundoq ta’ziya-yu, 
Bu yoqsa bu masxara.
Nahot odam ahvolini 
So‘ramasa tasqara.

Endi ish ham qolib ketib 
So‘ka boshlar g‘urbatni: 
“Bilamiz-ku biz ham axir 
Bayramlarga hurmatni.

Shu zamonning og‘ushida 
Yetdik biz ham voyaga. 
Qalblarimiz limmo-limdir 
Qancha-qancha g‘oyaga.

Mayli, bahor bayramidek 
Yashnataylik olamni, 
Lekin, uka, yoshlik qilib 
Ranjitding-ku odamni”.

O‘ylab hamma-hammasini 
Xullas tinchi yo‘qolar, 
Xumparni bir boplay, — deya 
Gazetaga yo‘l olar.

Keyin bilsa muxbirning ham 
Bor ekan o‘z nolasi, 
Chiqim uchun yozgan ekan, —
Tuqqan ekan xolasi.

1968
9,3900079
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

09 sept 2026, 17:14

Photo
Ta’ziya

   kanali va uning ko‘p sonli aʼzolari nomidan O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning akasi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Oʻsimlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi professori Abdurazzoq Oripovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
   Janoza namozi 2026-yil 16-iyul kuni soat 8:00da Qarshi shahri Samarqand mahallasi Yangi tong ko‘chasi 23-uyda o‘qiladi. Mo‘ljal: Onkologiya shifoxonasi orqa ko‘chasi.

https://t.me/Abdulla_Oripov_sherlar
8,87000114
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

09 sept 2026, 17:14

***

Sevgidan so'ylarding u kun entikib,
So'ylarding visolning yaqin kelishin.
Men bo'lsam ko'zimni qaygadir tikib,
O'ylardim dunyoning savdoli ishin.

Bugun-chi, bir o'zim, yuribman tanho,
Sevgi ham visol ham bo'ldilar abas.
Barchasi manguga tark etdi, ammo
Faqat o'sha o'ylar tark etgan emas...

Abdulla Oripov
9,31000114
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

09 sept 2026, 17:14

***
НИСБИЙЛИК

Жуда яхши! — деймиз мана бу нарса,
Гўё ҳукм каби янграр сўзимиз.
Ўйлаб кўрганмизми ҳеч бирор марта,
Киммиз ўзимиз?
Жуда ёмон! — деймиз мана бу нарса,
Гўё ҳукм каби янграр сўзимиз.
Ўйлаб кўрганмизми ҳеч бирор марта,
Хўш, ким ўзимиз?
Кимгадир ёқамиз биз ўзимиз ҳам,
Кимгадир ёқмаймиз биз ҳам ўзимиз.
Шунақа чархпалак экан бу олам,
Демак, нисбий эрур ҳар бир сўзимиз.

Абдулла ОРИПОВ
      1977
11,9000085
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

09 sept 2026, 17:14

ABDULLA ORIPOV

POLIZ QO'RIQCHISI

Chaylamiz bor edi,
Dalada edik,
Jayralar o'ch bo'lar qovun-tarvuzga.
Har holda, cho'chitib turadi dedik ,
Qo'riqchi o'rnatdik bir kun polizga.

O'risning xochidek butani chopdik ,
Yerga qadab qo'ydik оyoq-dastakni.
Qaydandir eski bir shlyapa topdik,
Egniga kiygizdik yag'ir po'stakni.

G'aroyib qo'riqchi bo'lgandi paydo,
Dovdirar, tushsa gar shaytonning ko'zi.
Uzoqdan qorasin ko'rganda goho,
Juftakni rostlardi  bolalar o'zi.

Endi u joylarda qovun poliz yo'q,
Jayra ham, tarvuz ham yo'qdir, albatta.
Baland imoratlar ko'kka urar do'q,
Faqat saqlangandir chinorlar, katta.
Biz ham ulg'ayganmiz, ulg'aydi dunyo,
Qoldi xotiralar misoli yetim.
O'sha guzarlardan o'tganda ammo,
Qo'riqchini eslab, junjikar etim.

✍  2015-yil 7- avgust, Хyuston.
11,5000060
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

02 sept 2026, 03:02

Marsiya
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga


Bir xabar tarqaldi, tun yarim edi.
Go'yo g'am seliga botdim, yo'qoldim.
Kimdir yo'lboshchidan ayrildik dedi.
Men-chi aziz do'stdan ayrilib qoldim.

Kimning xayoliga kemishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam bo'g'zimizda achchiq va taxir,
Bu g'amni na cheki chegarasi bor.

Ketdi nogohda aytmay bironta so'z,
Hijron olovida barchani tashlab.
O'zbek osmonida so'ndi cho'ng yulduz,
Katta-yu kichikkning ko'zini yoshlab.

Biz --noqis bandalar, o'ylamay goho,
Boshimiz silagan qo'lni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
O'zi emas, o'zgalar uchun ishladik.

Biz--ojiz bandalar, anglamay turib,
Burovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va ko'rib,
Begona zodlarga yasadik haykal.

Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning o'rnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.

Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o'tdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga bo'loldi darmon.

Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g'urur yashab havas qilgulik.
Abadiyot o'sdi ko'z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o'tdi Mangulik.

Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
14,00000112
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

29 ago 2026, 13:49

Photo1/2
ТУҒИЛГАН КУН

Оҳорли дўппингни кийиб ол, ўғлим,
Дарвоза олдини супур, келинжон.
Тортмамда турибди нафақа пулим,
Олинг болаларга совға бир жаҳон.

Тағин айтиб қўяй, унутма буни,
Кампир, ҳамсоянгга чиқартиргин ош.
Бугун Истиқлолнинг туғилган куни,
Бугун тантанага Давлат ўзи бош.

2013 йил август

✍ Абдулла Орипов

@Abdulla_Oripov_sherlari
16,70000115
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

25 ago 2026, 13:56

Bulut

Tiniq ko'l bag'ridan parcha oq bulut
Suzib chiqdi bir vaqt maviy osmonga.
Shamol qanotida yo'l oldi xushnud
Oshyonidan uzoq-uzoq tomonga...
Qaylarga shoshardi?! Bilmas edi u
Oshib o'tdi cho'llar, tog'lardan yiroq
Va bir kun kezishlar jonga tegdi-yu,
Qaytmoq bo'ldi shunda ortiga, biroq,
Biroq... yo'l bermadi shamollar haydab
Yig'lab bitdi bulut, sel bo'ldi ko'z yosh.
So'ng irmoq bo'ldi-yu, bilmaydi qayda...
Makonin axtarib olib ketdi bosh.

📝Abdulla Oripov
10,2000059
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

25 ago 2026, 13:56

Абдулла Орипов

***

АДИ-БАДИ ҲАҚИДА РИВОЯТ  

Хотин бир кун эрига:
—  Манов иш қандоқ, — деди.
Эри эса жавобан:
— Ундоқмас, бундоқ, — деди.
Хотин деди: — Болани
Бундоқ қилиб боқамиз.
Эри деди: — Ундоқмас,
Мундоқ қилиб боқамиз.
Хотин деди: — Меҳмонни,
Кутмоқ керак бунақа.
Эри деди: — Йўқ, асло,
Менинг гапим мунақа.
Хотин охир чарчади,
Ҳаётдан тўйди ҳатто.
Бола-чақа, молу мулк,
Бисотдан тўйди ҳатто,
Ўзимни осаман деб,
Эълон қилди сўзини...
Бунақа осмаслар деб,
Эри осди ўзини.
13,8000098
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

25 ago 2026, 13:56

ОНАМГА ХАТ

Қайтгим келди, онам, ёнингга
Юрагимда исмсиз дардлар.
Совуқ хонам, соат чиқ-чиқи,
Ташқарида хазонрез боғлар,
Ёмғирнинг жим хониш қилиши...
Бариси ҳам нечундир бу дам
Туширмоқда сени ёдимга...
Қайтгим келди, онам, ёнингга.
Юрагимни очиб гапирсам,
Кам-кам бўлар менда бундай ҳол.
Шодмон юрсам, менинг ёдимга
Сен тушмайсан ростдан, онажон.
Ногаҳоний бундай ҳолда-чи,
Шундай кўргим келади сени.
Айтсам сенга бор гапларимни,
Орзуларим, ҳасратларимни
Йиғлаб, кулиб айтгим келар, ҳа,
Одамларнинг қадру қимматин
Англамаймиз бирга бўлганда.
Аммо ногоҳ узоққа тушсак,
Ё танҳолик ҳасратин чексак,
Баъзан шундоқ,
Одам зотининг
Тирноғига зор бўламиз, ҳа!
Тушунмайман бул ҳақиқатни,
Сен-ку, ахир онасан, она...
Онам, ранжимагил хатимдан,
Мен ростини ёздим, шод дамим
Сен тушмайсан асло эсимга.
Аммо ҳаёт ўзи, биламан,
Солар сени ёдимга бот-бот.
Яъни, бошимизни доим ҳам
Она бўлиб силамас ҳаёт.

1963

Абдулла Орипов

https://t.me/Bitiklardan_Bilgilar
8,4700082
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

25 ago 2026, 13:56

Photo
АҚШда истиқомат қилаётган азиз ватандошлар!

Сизларни буюк ўзбек шоири, Ўзбекистон Қаҳрамони ва Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси муаллифи Абдулла Орипов номидаги Шеърият ва Хотира марказининг тантанали очилиш маросимига таклиф этамиз.
Бу маскан нафақат Абдулла Ориповнинг бой адабий меросини асраш ва тарғиб қилишга, балки Америкадаги ўзбек жамоасини маънавият ва маданият атрофида бирлаштиришга хизмат қилади.
📅 Сана: 21 июнь 2026 йил
🕚 Вақт: 11:00
📍 Манзил: Хьюстон шаҳри, Техас штати, АҚШ
Ушбу қувончли ва тарихий тадбирда оила аъзолари, шеърият мухлислари, зиёлилар ҳамда АҚШда яшовчи барча юртдошларимизни кутиб қоламиз.
Келинг, буюк шоиримиз хотирасини биргаликда ёд этиб, унинг маънавий меросига бағишланган янги масканнинг очилишига гувоҳ бўлайлик.

Ҳурмат билан,
Абдулла Орипов оиласи
✨ «Шеърият инсон қалбига эзгулик ва нур олиб кирувчи мўъжизадир.»
— Абдулла Орипов

https://t.me/abdullaorifijodi
8,3400071
Abdulla Oripov she'rlari logo
Abdulla Oripov she'rlari

25 may 2026, 01:03

Video
🎼Мусиқий танаффус🎼

Абдулла Орипов шеъри,
Шерали Жўраев мусиқаси

ЮЛДУЗИМ

Яна сенга тушдию кўзим,
Яна дардим туғилди янги.
Бир пайтлар эдинг юлдузим,
Энди кимга юлдузсан жоним.

Ишонмасдим ҳеч кимга сени,
Асрар эдим бегона кўздан.
Ким ўйлабди ўшанда мени,
Ажралар деб сендек юлдуздан.

Фақат қолиб ширин хотира,
Сендек қизни севганим қолди.
Эслаганда кўтариб фарёд,
Алам билан ёнганим қолди.

Яна сенга тушдию кўзим,
Яна дардим туғилди янги.
Бир вақтлар эдинг юлдузим,
Энди кимга юлдузсан жоним.

Шоҳжаҳон Жўраев куйлайди.
Жонли ижро.

https://t.me/abdullaorifijodi
10,2000066

Showing 30 of 57 posts

Calificación

Se requiere iniciar sesión

Frequently Asked Questions

¿De qué trata el canal de Telegram Abdulla Oripov she'rlari?+

Abdulla Oripov she'rlari (@abdulla_oripov_sherlari) es un canal de Telegram en Noticias de Última Hora en tgdio. Este perfil muestra ranking, valoraciones, reseñas y publicaciones recientes para decidir antes de suscribirte. Actualmente lista unos 7972 suscriptores en tgdio.

¿Cómo me uno a Abdulla Oripov she'rlari (@abdulla_oripov_sherlari) en Telegram?+

Abre el perfil del canal en tgdio y usa Join / Open in Telegram para ir a @abdulla_oripov_sherlari y suscribirte gratis.

¿Es Abdulla Oripov she'rlari un buen canal de Noticias de Última Hora?+

En tgdio puedes ver la valoración, reseñas, ranking y publicaciones de Abdulla Oripov she'rlari antes de unirte. Actualmente lista unos 7972 suscriptores en tgdio. Compáralo con canales similares de Noticias de Última Hora.

¿Dónde veo las estadísticas y publicaciones de Abdulla Oripov she'rlari?+

En tgdio, abre la página de @abdulla_oripov_sherlari para estadísticas, ranking, valoraciones y publicaciones. Usa Stats para gráficos de crecimiento.